Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organlar va boshqa tashkilotlar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog'liq masalalar bo'yicha huquqni qo'llash amaliyoti monitoringini hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining tahlilini amalga oshiradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda bo'shliqlar, yuqoriroq yuridik kuchga ega bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ziddiyatlar, shuningdek ichki ziddiyatlar yoxud boshqa xatolar aniqlangan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organ ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko'radi.
Fuqarolar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro'yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari O'zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to'g'risida»gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamoatchilik monitoringi va nazoratini amalga oshiradilar.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
53-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.