Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi:
nodavlat notijorat tashkilotining nomi, maqsad va vazifalari, uning tashkiliy-huquqiy shakli, u o'z faoliyatini amalga oshiradigan hudud;
nodavlat notijorat tashkilotining tuzilmasi va rahbar organlari, zaruratga qarab uning nazorat-taftish organlari (ijtimoiy fondlar uchun — majburiy) yoki auditorlarni (auditorlik firmalarini) jalb etishning majburiyligi;
rahbar organlarning vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari, doimiy asosda ishlaydigan rahbar organ joylashgan yer;
a'zolik belgilangan birlashmalar uchun — a'zo bo'lish va a'zolikdan mahrum bo'lish shartlari va tartibi, a'zolarning huquq va majburiyatlari;
pul mablag'lari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning tarkibiy bo'linmalarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari;
qayta tashkil qilish va tugatish tartibi;
ustavga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish tartibi.
Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida uning ramziy belgilari tavsifi bo'lishi mumkin.
Ustavda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga taalluqli, qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun
17-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavi
(17-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Ustav — bu nodavlat notijorat tashkilotining asosiy qonun-qoidalari to'plami. Unda tashkilotning nomi, maqsadi, rahbariyati, a'zolari, mol-mulki va boshqa muhim masalalar yoziladi. Ustav tashkilotning qanday ishlashi kerakligini belgilaydi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha nodavlat notijorat tashkilotlariga (jamiyatlar, fondlar, birlashmalar) tegishli.
Amalda
Agar biror xayriya fonda ustav yozilmasa, u qonuniy ravishda faoliyat ko'rsata olmaydi. Shuning uchun fonda rahbariyat, a'zolar, pul mablag'lari haqida barcha ma'lumotlar ustavda aniq yozilishi kerak. Ustav tashkilotning "pasporti" hisoblanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.