«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

11-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari

(11-модданинг тўққизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: nogironligi bo'lgan shaxslarning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko'rish; nogironligi bo'lgan shaxslarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish; nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ta'minlash; nogironligi bo'lgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish; nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilish masalalari bo'yicha jamiyatda ma'rifiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish; nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash; davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash; nogironligi bo'lgan shaxslarning inklyuziv ta'lim (maktabgacha, qo'shimcha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim) olish imkoniyatini ta'minlash; davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o'rtasida nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.