O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, O'zbekiston Respublikasida joylashgan ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish va garovga qo'yish to'g'risidagi shartnomalar bundan mustasno;
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
6) meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'radi;
7) merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnomalar beradi;
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;
9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan ko'chirmalar to'g'riligini shahodatlaydi;
10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to'g'ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
12) pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;
14) ijro xatlarini yozadi;
15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
(28-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
KONSULLAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILADIGAN NOTARIAL HARAKATLAR
Nimani anglatadi
Konsuller — O'zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan vakillari. Ular notarius kabi muhim ishlarni bajaradilar: shartnomalarni tasdiqlaydi, hujjatlarning haqiqiyligini shahodatlaydi, merosga doir guvohnomalar beradi. Bu harakatlar O'zbekiston fuqarolari uchun chet elda notarius xizmatini almashtiradi.
Kimga tegishli
Bu huquq va majburiyatlar O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullariga tegishli.
Amalda
Agar O'zbekiston fuqarosi Germaniyada yasayotgan bo'lsa va o'z vasiyatnomasi tasdiqlanishini xohlasa, u Germaniyada joylashgan O'zbekiston konsuligiga murojaat qiladi. Konsulli konsuli vasiyatnomani tasdiqlaydi va unga notarial kuch beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.