Notarius qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog'ozlarni qabul qiladi.
Notarius pul summalari va qimmatli qog'ozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi bo'yicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qog'ozlarni topshiradi.
Pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi.
Notarius pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarni qabul qilish uchun depozit hisobvarag'ini ochishi kerak.
Notariusning shaxsiy mablag'larini ushbu hisobvaraqqa o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi.
Notarius qarzdorga depozit hisobvarag'i ochilgan bankka taqdim etish uchun pul mablag'lari depozit hisobvarag'iga o'tkazilganligi to'g'risida yozma xabarnoma beradi.
Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvarag'iga qabul qilingan pul mablag'larini va qimmatli qog'ozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun to'lov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
74-modda. Pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga qabul qilish
(74-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Notarius pul va qimmatli qog'ozlarni vositachi sifatida saqlaydi. Agar qarzdor o'z qarzini to'lashga rozi bo'lmasa, notarius bu pulni kreditorga topshiradi. Pul alohida bank hisobida saqlanadi, notarius o'z pulini shu hisobga qo'shishi mumkin emas.
**Kimga tegishli**
Bu qoida notarius, qarzdor, kreditor va bank o'rtasidagi munosabatlarga tegishli.
**Amalda**
Akmal o'z qarzini to'lashga rozi emas. Kreditor notariusga murojaat qiladi. Notarius Akmaldan pul qabul qiladi, alohida hisobda saqlaydi va kreditorga xabar beradi. Kreditor so'rasa, notarius pulni unga topshiradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.