Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

6-band. II. Jamg'armaning asosiy vazifalari va funktsiyalari — 6-band

Jamg'arma qo'yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to'lovlari to'laydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi; sug'urtalovchilar tomonidan qonunchilikka muvofiq ko'rsatib o'tilgan siylovlarni olish huquqiga ega bo'lgan shaxslar toifalariga berilgan sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlarni kompensatsiya qiladi; majburiy sug'urta qilish bilan bog'liq masalalar va nizolar yuzasidan huquqiy maslahat xizmatini, yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma bilan bog'liq adjasterlik va baholash xizmatini buyurtma asosida to'lov evaziga ko'rsatadi. Jamg'armaning o'z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi; sug'urtalovchilar bilan majburiy sug'urta qilish, qonunchilikda belgilangan sug'urta siri to'g'risidagi talablar ta'minlanishi to'g'risidagi ma'lumotlarni ayirboshlaydi; Jamg'arma mablag'lari tushumi va sarfi bo'yicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga ko'rib chiqishi uchun kiritadi; majburiy sug'urta qilish sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o'rganadi va undan foydalanadi. Jamg'arma o'z vazifalari va qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.