Majburiy sug'urta shartnomasini tuzish uchun sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga ariza-anketani har bir transport vositasi bo'yicha taqdim etadi, shuningdek, ariza-anketa ma'lumotlari bilan ularni solishtirish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qiladi:
a) transport vositasini boshqarishga qo'yilgan sug'urta qildiruvchi — jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va ro'yxatga olinganlik to'g'risidagi oxirgi yozuv qayd etilgan varaqlari);
b) transport vositasining texnik pasporti (schyot-ma'lumotnomasi) yoki uning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma (ushbu Qoidalarning 14-bandida nazarda tutilgan holatda — transport vositasining oldi-sotdi (almashish, hadya qilish) shartnomasining nusxasi);
g) transport vositasini boshqarishga qo'yilgan barcha shaxslarning haydovchilik guvohnomasi yoki barcha haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslar qo'yilishi sharti bilan majburiy sug'urta shartnomasi tuzilgan taqdirda;
d) sug'urta qildiruvchi — jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalarning 33-bandiga muvofiq sug'urta mukofoti bo'yicha siylov olish huquqiga ega bo'lgan shaxslar toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvohnoma, ma'lumotnomalar va shu kabilar) hujjatlar (agar bo'lsa).
ye) transport vositasining mulkdori mazkur transport vositasidan uning yaqin qarindoshlari foydalanishini va boshqarishini istagan holatlarda, qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslar qo'yilishi sharti bilan majburiy sug'urta shartnomasi tuzilgan taqdirda).
Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga taqdim etilayotgan ma'lumotlar va hujjatlarning to'liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Sug'urtalovchi majburiy sug'urta bo'yicha zarur ma'lumotlar yagona axborot ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lgan taqdirda, sug'urta qildiruvchidan yuqorida qayd etilgan hujjatlarni talab etmasdan majburiy sug'urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnMajburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)
I2-12-band. II. Majburiy sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish va muddatidan oldin to'xtatish tartibi — I2-12-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.