Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-15-band. II. Majburiy sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish va muddatidan oldin to'xtatish tartibi — I2-15-band

Transport vositasining egasi o'ziga tegishli transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sug'urta shartnomasini tuzishga haqlidir. Transport vositasidan yil davomida foydalanish davri, shuningdek, uni boshqarishga qo'yilgan barcha haydovchilar majburiy sug'urta shartnomasini tuzish to'g'risidagi arizada va sug'urta polisida ko'rsatiladi. Bunda sug'urta qildiruvchi ham transport vositasidan foydalanish va boshqarishi nazarda tutilgan shaxs sifatida tan olinadi. Sug'urtalovchiga sug'urta qildiruvchi tomonidan transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sug'urta shartnomasini tuzish bo'yicha murojaat qilinganda, sug'urtalovchi tomonidan sug'urta qildiruvchiga uning xohishiga ko'ra ushbu transport vositasidan foydalanishga va uni boshqarishga qo'yilgan yaqin qarindoshlari arizada va sug'urta polisida ko'rsatilishi lozimligi to'g'risida tushuntirish berilishi lozim. Bunda majburiy sug'urta shartnomasini tuzish to'g'risidagi arizada tushuntirish berilgani sug'urta qildiruvchi tomonidan tasdiqlanadi. Sug'urta qildiruvchi transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sug'urta shartnomasini elektron sug'urta xizmatlaridan foydalangan holda tuzganida, ushbu transport vositasini uning xohishiga ko'ra foydalanishga va boshqarishga qo'yilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari arizada va sug'urta polisida ko'rsatilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.