Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-33-band. III. Sug'urta summasi, sug'urta mukofoti va sug'urta mukofotini to'lash tartibi — I2-33-band

Majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta mukofoti to'lashda quyidagi sug'urta qildiruvchilarga sug'urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi: 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar; 1941—1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari; kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo'lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo'lish bilan bog'liq kasallik tufayli halok bo'lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi; harbiy xizmatchilar hamda o'quv va tekshiruv yig'inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afg'oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo'shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni o'taganlar; Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar; pensionerlar; nogironligi bo'lgan shaxslar. Ushbu bandda nazarda tutilgan siylovlar Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasi tomonidan, sug'urtalovchining sug'urta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan e'tiboran o'n besh kalendar kun ichida qoplanadi. Sug'urtalovchi To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga taqdim qilinadigan ma'lumotlarning to'g'riligi va to'liqligi uchun javob beradi. Siylov ushbu bandda ko'rsatilgan sug'urta qildiruvchining o'ziga tegishli bo'lgan bitta transport vositasi bo'yicha fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishda beriladi. Ushbu bandga muvofiq berilgan siylov to'g'risida majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida tegishli belgi qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.