Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-41-band. V. Jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug'urta to'lovi miqdorini aniqlash — I2-41-band

Jabrlanuvchi (uning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislari) yozma yoki elektron ravishda murojaat etgan kundan e'tiboran besh ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda, agar ular o'rtasida yozma yoki elektron shaklda boshqa muddat kelishilmagan bo'lsa, sug'urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko'zdan kechirishi va uning mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etishi shart. Sug'urtalovchi jabrlanuvchi (uning merosxo'ri yoki huquqiy vorisi) bilan, sug'urtalovchining, ekspertning ish jadvalini hisobga olgan holda, ko'zdan kechirish vaqti va joyini va (yoki) shikastlangan mol-mulkni mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o'tkazadigan tashkilotni hamda ushbu bandning birinchi xatboshida ko'rsatilgan shikastlangan mol-mulkni ko'zdan kechirishni o'tkazish muddatini kelishib olishi, jabrlanuvchi (uning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislari) esa sug'urtalovchi bilan kelishilgan vaqtda shikastlangan mol-mulkni ko'rsatishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.