Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-43-band. V. Jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug'urta to'lovi miqdorini aniqlash — I2-43-band

Agar jabrlanuvchi (uning merosxo'ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko'zdan kechirish va mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o'tkazish sug'urta hodisasi mavjudligini va majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha o'rni qoplanishi kerak bo'lgan zararlar miqdorini haqqoniy aniqlash imkonini bermasa, sug'urtalovchi ko'rsatib o'tilgan holatlarni aniqlash uchun sug'urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxsning) foydalanish vaqtida jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasini ko'zdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasiga yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertiza (baholash) tashkil etishga haqlidir. Sug'urta qildiruvchi ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini sug'urtalovchining talabiga ko'ra majburiy sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.