Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilgan sug'urtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi:
yo'l-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari to'qnashgan joyning (vaziyat o'zgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
haydovchilarning sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etish to'g'risidagi arizalari;
yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sog'liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yo'l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan e'tiboran to'rt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo'yicha tibbiy tekshiruv o'tkazilganligi to'g'risidagi bayonnoma;
yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari ro'yxatdan, o'tkazilganligi haqidagi hujjatlarining ko'chirma nusxalari, shuningdek sug'urta polisining ko'chirma nusxalari;
Haydovchilarning tanloviga ko'ra aybdor tarafning sug'urtalovchisidan sug'urta tovonini olish maqsadida sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etish to'g'risidagi ariza o'rniga sug'urta tovonini to'lash to'g'risidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sug'urtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin.
Bunda aybdor tarafning sug'urtalovchisi tomonidan ariza ko'rib chiqilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnMajburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)
I2-47⁴-band. V¹. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi — I2-47⁴-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.