Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-76-band. VII. Sug'urta tovonini to'lash — I2-76-band

Foydalanilayotganda yoki noqonuniy yo'l bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasi egasining noma'lumligi yoki fuqarolik javobgarligi sug'urtalanmaganligi sababli sug'urta tovonini to'lash imkoni bo'lmagan taqdirda jabrlanuvchi yoki uning merosxo'rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari quyidagi hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirish to'g'risida yozma ravishda murojaat qiladi: sug'urta polisi (agar bo'lsa); yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi sud qarori, agar ish sud tomonidan ko'rilgan bo'lsa; zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasalaridan olingan ma'lumotnoma yoxud hayotga yoki sog'liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o'lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma); mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko'chirmalar, to'lov hujjatlari, shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar); jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi hujjatlar; meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo'rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug'urta tovoni jabrlanuvchilarning merosxo'rlariga yoki huquqiy vorislariga to'lanishi lozim bo'lsa).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.