Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I3-8-band. I. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta tariflari — I3-8-band

Qoida buzishlar mavjudligi koeffitsiyenti. Sug'urta qildiruvchida (transport vositasini boshqarishga qo'yilgan boshqa shaxslarda) oxirgi 5 yilda quyida keltiriladigan qoida buzishlar sodir etilganda KN — 1,0 koeffitsiyenti qo'llanadi: — o'tgan davrlarda sug'urtalovchi so'ragan holatlar to'g'risida sug'urta qildiruvchi tomonidan ma'lumotlar qasddan buzib ko'rsatilganligi, bu to'g'ri ma'lumotlar xabar berilgan taqdirda to'lanishi kerak bo'lgan summaga nisbatan kamroq summada sug'urta mukofoti to'lanishiga olib kelganligi faktlarining mavjudligi; — o'tgan davrlarda sug'urta qildiruvchi (majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha fuqarolik javobgarligi sug'urta qilingan boshqa shaxs) tomonidan sug'urta hodisasi sodir bo'lishiga, shuningdek yetkazilgan zarar miqdori oshishiga ataylab ko'maklashishga yoki sug'urta to'lovini ko'paytirish maqsadida sug'urta hodisasi sodir bo'lishi holatlarini qasddan buzib ko'rsatishga yo'l qo'yilishi; — o'tgan davrlarda regress talabi qo'yilishiga asos bo'lgan holatlarda sug'urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta qilingan boshqa shaxs) tomonidan zarar yetkazish faktlarining mavjudligi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qoida buzishlar mavjud bo'lmagan taqdirda KN — 1,0 koeffitsiyenti qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.