Transport vositalarini boshqarishga qo'yilgan shaxslar soni cheklanishi sharti bilan transport vositalari egalari uchun majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lanishi kerak bo'lgan sug'urta mukofoti miqdori quyida ko'rsatilgan formulalarga muvofiq aniqlanadi:
a) 1 yilga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasini tuzishda:
b) transport vositasidan mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasini tuzishda:
v) transport vositasidan mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda xorijiy davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan va O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish joyiga borayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasini tuzishda:
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish Qoidalariga ushbu ilovaning III bo'limiga muvofiq hisoblab chiqilgan majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta mukofotining eng katta miqdori barcha koeffitsiyentlar hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan tegishli bazaviy stavkaning 5 baravari miqdoridan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Majburiy sug'urta shartnomasining amal qilish davrida sug'urta tovonini to'lashda qo'shimcha ravishda to'lanadigan sug'urta mukofoti quyidagi formula bo'yicha hisoblab chiqiladi:
PRD — qo'shimcha ravishda to'lanadigan sug'urta mukofoti summasi;
PR — sug'urta mukofoti summasi;
SV — to'langan sug'urta tovoni summasi;
SS — sug'urta summasi
OP — sug'urta hodisasi yuz bergan paytdan boshlab sug'urta qilishning kunlar hisobidagi qolgan davri;
PS — majburiy sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan kunlar hisobidagi sug'urta qilish davri.
BosqichlarSub'yektlarTadbirlarBajarish muddatlari1-bosqichYo'l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sug'urtalovchi1. Tan jarohati bilan bog'liq bo'lmagan hamda ikki transport vositasi to'qnashuvi natijasida sodir etilgan yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan o'zaro kelishilgan holda ixtiyoriy ravishda ikki nusxada yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma tuziladi.2. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish bilan bir vaqtning o'zida yo'l-transport hodisasi joyi (avtotransport vositalari to'qnashgan joy (vaziyat o'zgartirilmagan holdagi), transport vositalarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga olinadi, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlarini fotosuratga va (yoki) videoyozuvga tushiriladi.Hodisa sodir etilgan vaqtda o'sha joyning o'zida2-bosqichYo'l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, narkolog yoki mas'ul tibbiyot xodimi1. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma tuzilganidan so'ng ikkala haydovchi mastlik darajasini aniqlash yuzasidan ushbu hududdagi yoki unga yaqin bo'lgan narkologik dispanser yoxud sog'liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilib, tekshiruvdan o'tadilar.1. Xabarnoma tuzilgan vaqtdan e'tiboran 4 soat ichidaYo'l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport vositalari haydovchilari, ekspertiza (baholash) o'tkazadigan tashkilot2. Jabrlanuvchi yo'l-transport hodisasi natijasida o'zining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida o'z tashabbusi bilan transport vositasini mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o'tkazadi va mustaqil ekspertiza natijalarini yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomaga ilova qiladi.2. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e'tiboran 3 ish kun ichidaYo'l-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sug'urtalovchi3. Haydovchilar tomonidan sug'urtalovchilarga yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma unga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:yo'l-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari to'qnashgan joyning (vaziyat o'zgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;haydovchilarning sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etish to'g'risidagi arizalari;yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sog'liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yo'l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan e'tiboran to'rt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo'yicha tibbiy tekshiruv o'tkazilgani to'g'risidagi bayonnoma;yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari ro'yxatdan o'tkazilgani haqidagi hujjatlarining ko'chirma nusxalari, shuningdek, sug'urta polisining ko'chirma nusxalari.3. Hodisa sodir etilgan vaqtdan e'tiboran 3 ish kuni ichida3-bosqichSug'urtalovchi, ekspertiza (baholash) o'tkazadigan tashkilot, haydovchilar1. Sug'urtalovchi yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani hamda arizani qabul qilganidan so'ng uni tegishli jurnalda ro'yxatdan o'tkazib, hujjatlarni tekshiradi hamda shikastlangan transport vositasini ko'zdan kechiradi, zarurat bo'lsa, mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etadi.Sug'urtalovchiga taqdim etilgan kundan e'tiboran 15 kalendar kun ichidaSug'urtalovchi2. Sug'urtalovchi yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani va unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni ko'rib chiqadi va uning natijasiga asosan sug'urta tovonini to'lashni rad etish yoki uni to'lash haqida qaror qabul qiladi va shu bilan birga, haydovchilarga tegishli transport vositalarini ta'mirlash hamda utilizatsiya qilishga ruxsat beradi.Sug'urtalovchi, haydovchilar3. Aybdor tarafning sug'urtalovchisi sug'urta tovonini to'lash to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, sug'urta tovonini jabrlanuvchiga to'laydi.3. Sug'urta tovonini to'lash to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 5 ish kuni ichidaSug'urtalovchilar4. Jabrlanuvchining sug'urtalovchisi sug'urta tovonini to'lash to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, sug'urta tovonini jabrlanuvchiga to'laydi. Bunda sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etish qo'llanganda aybdor tarafning sug'urtalovchisi jabrlanuvchining sug'urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug'urta tovonini to'lash bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplab beradi.4-bosqichSug'urtalovchi, haydovchilar1. Sug'urtalovchi zarar yetkazgan shaxsdan (sug'urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxsga) o'zi to'lagan sug'urta to'lovi miqdorida yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilganda belgilangan vaqtda mastlik darajasini aniqlash chorasini ko'rmagan bo'lsa, shuningdek, sug'urtalovchiga taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlarni uzrli sabablarsiz o'z vaqtida taqdim etmagan bo'lsa, regress tartibida talab qilib oladi.Sug'urtalovchiga taqdim etilgan kundan 15 ish kun ichidaSug'urtalovchi, haydovchilar, ichki ishlar organi xodimlari2. Sug'urtalovchi ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilgan yo'l-transport hodisasi to'g'risida xabarnomani ko'rib chiqish vaqtida yo'l-transport hodisasida jinoyat alomatlari yoki yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani rasmiylashtirishni istisno etadigan holatlarni aniqlagan taqdirda, to'plangan hujjatlarni tegishliligi bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matnMajburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)
I4-2-band. III. Sug'urta mukofotini aniqlashda sug'urtalovchilar tomonidan sug'urta tariflarini qo'llash tartibi — I4-2-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.