Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

Q2-band. Q2-band

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga unga yetkazilgan zararni kafolatli to'lashni majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirish yo'li bilan ta'minlash; majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq sug'urta mukofotlari bo'yicha siylov huquqiga ega bo'lgan fuqarolarning ayrim toifalarini ko'rsatib o'tilgan siylovlarni kompensatsiya qilish yo'li bilan qo'llab-quvvatlash tizimini moliyaviy ta'minlash; majburiy sug'urta qilish, shu jumladan majburiy sug'urta qilish shartnomalari to'g'risidagi ma'lumotlardan iborat bo'lgan, sug'urta hodisalari to'g'risidagi ma'lumotlarning axborot bazasini, sug'urta qildiruvchilar va jabrlanganlar to'g'risidagi shaxsiy ma'lumotlarni shakllantirish, sug'urta sirlari to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan talablarni ta'minlagan holda sug'urtalovchilar bilan Jamg'arma o'rtasida ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarni ayirboshlashni tashkil etish; Jamg'armaning unga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo'yicha faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish hamda sug'urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tasdiqlash.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.