Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonunchilik hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya vositachisi uzaytirish imkoniyati bilan bir yil uchun tuziladigan shartnoma asosida mijozlarga:
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
o'z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;
depozitar xizmatlar ko'rsatadi.
Investitsiya vositachisi mijozlarga depo hisobvaraqlari ochishga, qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilishga, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda mijozlarga elektron shaklda va o'zga aloqa vositalari orqali boshqa xizmatlarni ko'rsatishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
35-modda. Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari
(35-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.