Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
qimmatli qog'ozlarni hisobga qo'yish;
hujjatli qimmatli qog'ozlarni saqlash;
qimmatli qog'ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
davlatning qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog'ozlarni boshqarish bo'yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarini hisobga olish;
investitsiya vositachilari va chet ellik nominal saqlovchilarning depo hisobvaraqlarini yuritish;
qimmatli qog'ozlardagi hisob-kitoblarni va qimmatli qog'ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar natijalari bo'yicha pul mablag'laridagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, O'zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog'ozlarni hisobga olish;
O'zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog'ozlarni hisobga olish;
agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olish;
Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
O'zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlarga xalqaro kodlarni berish;
depo hisobvaraqlari bo'yicha qimmatli qog'ozlar harakati to'g'risidagi axborotni to'plash va tizimlashtirish.
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog'ozlarni hisobga olish bo'yicha vazifalari xalqaro obligatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
39-modda. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari
(39-модда биринчи қисмининг ўн тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.