«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun

45-modda. Axborotning qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan oshkor qilinishi

(45-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 октябрдаги ЎРҚ-721-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон)

Qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi investorning talabiga ko'ra: davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatning ko'chirma nusxasini; qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning ko'chirma nusxasini yoki vakolatli davlat organini xabardor qilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni; qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining ustav fondi, o'z mablag'larining miqdori va zaxira fondi to'g'risidagi ma'lumotlarni; investor oladigan qimmatli qog'ozlar chiqarilishining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni; investor oladigan qimmatli qog'ozlarning emissiya risolasidagi ma'lumotlarni, shuningdek ushbu qimmatli qog'ozlarning investor tomonidan axborot taqdim etish to'g'risida talab qo'yilgan sanadan oldingi olti hafta davomidagi narxlari haqidagi ma'lumotlarni; qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarning natijalari bo'yicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlarda taqdim etadi. Qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi investorlarni ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni olish huquqlari haqida xabardor qilishi shart. Qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi: yilning bir choragi davomida faqat bir emitentning qimmatli qog'ozlari bilan operatsiyalar; bir emitentning qimmatli qog'ozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya bo'yicha qimmatli qog'ozlarning soni mazkur qimmatli qog'ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan bo'lsa, ularning amalga oshirilganligi haqida qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organini ikki ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi. Investitsiya fondlari axborotni ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan tartibda oshkor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.