Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi:
qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi, mazkur sohada ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi;
investitsiya maslahatchilarining xabarnomalarini qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi;
investorlarning hamda qimmatli qog'ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;
qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning ishtirokchilari faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqadi;
qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni, qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislariga qo'yiladigan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan o'tkazadi va malaka sertifikatlari beradi;
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni (davlat qimmatli qog'ozlari bundan mustasno) chiqarish qoidalarini, qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarni ro'yxatdan o'tkazish qoidalarini, qimmatli qog'ozlarga doir operatsiyalar o'tkazilishini hisobga olish va ular yuzasidan hisobot berish standartlarini, qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarni hisobga olish registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlarini kelishadi;
qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi hamda aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikning davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog'ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda qonunchilikning buzilganligi aniqlangan hollarda ular yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan xulosalar va ko'rsatmalar chiqaradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq sanktsiyalar qo'llaydi;
o'z mablag'lari yetarli darajada bo'lishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qog'ozlarga doir operatsiyalar bo'yicha tavakkalchiliklarni cheklovchi boshqa ko'rsatkichlarni, shuningdek qimmatli qog'ozlarga doir (davlat qimmatli qog'ozlari bundan mustasno) operatsiyalar yuzasidan hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
55-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi
(55-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.