Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi:
qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining murojaatlarini ko'rib chiqishi hamda investorlarning yoki qimmatli qog'ozlar egalarining huquqlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda tekshiruvlar o'tkazishi va qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko'rishi;
davlat boshqaruvi organlaridan hamda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilaridan investorlarning va qimmatli qog'ozlar egalarining huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi, bundan axborotning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini va qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestrini yuritishi;
o'z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning yozma so'rovlariga qonunchilikka muvofiq asoslantirilgan javob berishi;
qimmatli qog'ozlar bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida jamoatchilikni xabardor qilishi shart.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
57-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining majburiyatlari
(57-модда биринчи қисмининг иккинчи ва учинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.