«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun

7-modda. Aktsiyalarga doir optsionni chiqarish shartlari

Aktsiyalarga doir optsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin. Agar aktsiyadorlik jamiyatining e'lon qilingan aktsiyalari soni olish huquqini optsionlar beradigan aktsiyalar sonidan kam bo'lsa, mazkur jamiyat aktsiyalarga doir bunday optsionlarni joylashtirishga haqli emas. Aktsiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi a'zolariga mukofotni yoki rag'batlantirish to'lovini aktsiyalarga doir optsionlar tarzida berish to'g'risidagi qaror aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Olish huquqini optsionlar beradigan muayyan turdagi aktsiyalarning soni aktsiyalarga doir optsionlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko'ra joylashtirilgan ushbu turdagi aktsiyalarning 5 foizidan ortiq bo'lishi mumkin emas. Aktsiyalarga doir optsionlar aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni ta'sis etish chog'ida to'liq to'langanidan keyin joylashtirilishi mumkin bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.