Maxsus organlarning va harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari hamda xodimlari ularning rahbarlari buyruqlari asosida olgan qurol, shuningdek O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, chet davlatlar rahbarlarining hamda chet davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari asosida olingan qurol mukofot qilingan quroldir. Mukofot qilingan qurolni saqlashga va olib yurishga doir ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan beriladi.
Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Qatorasiga o'q uzish imkoniyatini beradigan, shuningdek ushbu Qonunning 9-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan qurol mukofot qilinadigan qurol bo'lishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosi qatorasiga o'q uzish imkoniyatini beradigan, shuningdek ushbu Qonunning 9-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan qurol bilan mukofotlangan taqdirda, ushbu qurol olingan kundan e'tiboran bir kunlik muddatda ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.
Mukofotga berilgan jangovar yoki xizmat qurolini sotishga va meros qilib olishga, shuningdek uning o'q dorilarini olishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn19-modda. Qurol bilan mukofotlash
(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Mukofot qilingan qurol — bu davlat rahbarlari, chet davlatlar yoki harbiy xizmatchilarga berilgan qurol. Bunday qurolni saqlash va olib yurish uchun ichki ishlar organlari ruxsatnoma beradi. Bu ruxsatnoma cheksiz vaqt amal qiladi.
**Kimga tegishli**
Mukofot qilingan qurol O'zbekiston fuqarolariga, harbiy xizmatchilarga va davlat xodimlariga tegishli bo'ladi.
**Amalda**
Prezident sizga farzandingizning qahramanligi uchun mukofot sifatida qurol berdi. Siz ichki ishlar organiga murojaat qilib ruxsatnoma olib, uni saqlashingiz mumkin. Lekin bu qurolni sotish, meros qilib berish yoki o'q dorilarini olish taqiqlanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.