Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari egalari quyidagi huquqlarga ega:
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilish, kollektsiyalash va ko'rgazmaga qo'yish;
fuqaroviy qurol va uning o'q-dorilarini meros qilib olish;
fuqaroviy va xizmat qurolidan hamda uning o'q-dorilaridan o'z mo'ljallangan maqsadi bo'yicha foydalanish;
tegishli ruxsatnoma bo'lgan taqdirda, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini saqlash va olib yurish.
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari egalari:
o'z mulkidagi fuqaroviy qurolni ichki ishlar organlarida ro'yxatdan o'tkazishi (qayta ro'yxatdan o'tkazishi), bundan ushbu Qonun 11-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilgan hollar mustasno;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini tashishning ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etishi;
fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari but saqlanishini ta'minlashi;
qurol to'g'risidagi qonunchilikning talablariga rioya etilishini tekshirish uchun ichki ishlar organlari xodimlarining fuqaroviy va xizmat quroli saqlanadigan ob'yektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini ta'minlashi, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
ovchilarning jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) qurol bilan xavfsiz muomalada bo'lish qoidalariga oid bilimlarining tekshiruvidan o'tishi;
ichki ishlar organlarining yo'llanmasi bo'yicha qurolga egalik qilishga qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan o'tishi;
doimiy yashash joyi o'zgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan kundan e'tiboran o'n kunlik muddat ichida tegishli ichki ishlar organiga o'ziga tegishli fuqaroviy qurolni qayta ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn27-modda. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari egalarining huquq va majburiyatlari
(27-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Qurol egalari o'z qurollarini saqlay, tashiy va ishlatishlari mumkin, lekin buning uchun ichki ishlar organlarida ro'yxatdan o'tkazishlari kerak. Ular qurolni faqat o'z maqsadida (ov, sport) ishlatishlari va xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari shart.
KIMGA TEGISHLI
Bu huquq va majburiyatlar fuqaroviy va xizmat qurolining egalariga, ya'ni qurol sotib olgan yoki meros qilib olgan oddiy fuqarolarga tegishli.
AMALDA
Agar siz ov qurolini sotib olsangiz, uni ichki ishlar organida ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak. Agar shahardan boshqa joyga ko'chib o'tsangiz, yangi joyda o'n kun ichida qayta ro'yxatdan o'tkazish ariza berishingiz majburiy.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.