«Raqobat to'g'risida»gi qonun

13-modda. Ustun mavqe

Tovar yoki moliya bozoridagi xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoxud shaxslar guruhining unga o'z faoliyatini raqobatlashuvchi xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga bog'liq bo'lmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatish, tegishli bozorga boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa sub'yektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqedir. Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e'tirof etiladi: agar xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo'lmasa; agar xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa; agar xo'jalik yurituvchi sub'yekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya sub'yekti deb e'tirof etilsa; agar xo'jalik yurituvchi sub'yektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo'lsa. Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining (bundan tabiiy monopoliya sub'yektlari, mahsulotlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xo'jalik yurituvchi sub'yektlar mustasno) tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e'tirof etilmaydi. Xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqei e'tirof etilgan kundan e'tiboran uch kunlik muddatda vakolatli davlat organi bu haqda ularga xabarnoma yuboradi, mazkur xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar beradi. Tovar yoki moliya bozorida xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoxud shaxslar guruhining, raqamli platforma operatorining ustun mavqeini aniqlash va e'tirof etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ustun mavqe — bu kompaniya yoki bir nechta kompaniyalarning bozorda shunday kuchli holati bo'lib, ular raqobatchilardan erkli ravishda ishlashi, bozorga yangi ishtirokchilarning kirishini qiyinlashtirishi yoki boshqalarning faoliyatini cheklashi mumkin bo'ladi. **Kimga tegishli** Bu qoida tovar va moliya bozorida faoliyat ko'rsatuvchi barcha xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga va ularning guruhlarina tegishli. **Amalda** Agar bir kompaniya shaharda sut sotishning 45 foizini nazorat qilsa, u ustun mavqega ega deb hisoblanadi va davlat organi unga bu haqda xabarnoma yuboradi. Bunday kompaniya narxlarni o'zboshimchalik bilan ko'tarishlari mumkin bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.