Raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakolatli davlat organining qarori (ko'rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Vakolatli davlat organining qarorlari (ko'rsatmalari) ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Vakolatli davlat organining qarorlari (ko'rsatmalari) ustidan sudga yoki bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini tegishincha sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga, yuqori turuvchi organning yoxud mansabdor shaxsning qarori qabul qilinguniga qadar to'xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlarning, epidemiyalarning hamda aholi hayoti va sog'lig'i uchun boshqa haqiqiy xavf-xatarning oldini olish bilan bog'liq bo'lgan qarorlar (ko'rsatmalar) mustasno.
lex.uz’dagi asl matn40-modda. Vakolatli davlat organining qarori (ko'rsatmasi) ustidan shikoyat qilish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Raqobat qonunini buzgan ishda ishtirok etgan shaxslar davlat organining qarorini rad etishi mumkin. Ular sudga murojaat qilishi yoki yuqori rahbariyatga shikoyat qilishi mumkin. Shikoyat qilish sudga ariza berish huquqini yo'q qilmaydi.
**Kimga tegishli**
Bu huq raqobat qonuni buzilganligi haqidagi ishda ishtirok etuvchi barcha shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya davlat organi tomonidan noto'g'ri ruxsat berilmadi deb hisoblasa, avval yuqori rahbariyatga shikoyat qilishi mumkin. Agar javob bermasa, sudga murojaat qilishi mumkin. Shikoyat qilish davlat organining qarorini to'xtatib turadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.