«Raqobat to'g'risida»gi qonun

8-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga ta'sirini baholash

Vakolatli davlat organi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga ta'sirini baholaydi, shuningdek tovar yoki moliya bozorida raqobatni bevosita yoxud bilvosita cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan normalarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi. Raqobatga ta'sirni baholash uchun vakolatli davlat organiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritiladi: xo'jalik yurituvchi sub'yektlar uchun yangi cheklovlar, litsenziyalarning, ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etilishini yoki amaldagi cheklovlar, ruxsat berish tartib-taomillari, faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga nisbatan tatbiq etilishini; litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun qo'shimcha talablar va shartlar joriy etilishini; yuridik shaxslar ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdoriga doir talablar oshirilishini; xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning belgilangan huquqlari cheklanishini (kamaytirilishini) yoki ular uchun qo'shimcha majburiyatlar yoxud qo'shimcha xarajatlar joriy etilishini; xo'jalik yurituvchi sub'yektlar uchun har qanday turdagi imtiyozlar, kafolatlar, preferentsiyalar belgilanishini, shuningdek ularga yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlar berilishini. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari faqat vakolatli davlat organining ularning raqobatga ta'sirini baholash natijalari bo'yicha xulosalari mavjud bo'lgan taqdirda, belgilangan tartibda qabul qilinadi. Vakolatli davlat organi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga ta'sirini baholash natijalari bo'yicha ishlab chiqilgan hisobotlarni ko'rib chiqadi. Vakolatli davlat organi va uning hududiy organlari amaldagi qonunchilik hujjatlarini hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarni ularning raqobat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan o'rganishdan o'tkazadi. O'rganish vakolatli davlat organining tashabbusiga ko'ra jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga, jamoatchilik nazorati sub'yektlarining takliflari va tavsiyalariga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan materiallarni o'rganish natijalariga asosan o'tkaziladi. Raqobat to'g'risidagi qonunchilikka zid bo'lgan qonunchilik hujjatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi: Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yuzasidan — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi; boshqa davlat organlari (bundan mahalliy davlat hokimiyati organlari mustasno) tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlari yuzasidan — raqobat to'g'risidagi qonunchilikning buzilishlarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish to'g'risida ularga taqdimnoma kiritadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan va raqobat to'g'risidagi qonunchilikka zid bo'lgan qonunchilik hujjatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi raqobat to'g'risidagi qonunchilikning buzilishlarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish to'g'risida ularga taqdimnoma kiritadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga ta'sirini baholash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.