Ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimchalarning va oziq-ovqat qo'shimchalarining reklamasi:
ular dori vositalari hisoblanadi va (yoki) davolash xossalariga ega degan taassurotni uyg'otmasligi;
ularni qo'llash natijasida odamlar davolanganligiga, ularning ahvoli yaxshilanganligiga doir muayyan hollarga havolalarni o'z ichiga olmasligi;
ularning qo'llanilganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorchilik izhorini o'z ichiga olmasligi;
sog'lom ovqatlanishni rad etishga undamasligi;
ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimchalarning va oziq-ovqat qo'shimchalarining tadqiqotlar o'tkazilganligi, davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi faktlarga havolalar qilish, shuningdek boshqa tadqiqotlar natijalaridan ularni qo'llash uchun to'g'ridan-to'g'ri tavsiya shaklida foydalanish orqali dori vositalariga nisbatan afzalliklari haqidagi taassurotni yuzaga keltirmasligi;
voyaga yetmaganlar olishi yoki iste'mol qilishi taqiqlangan ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimchalar va oziq-ovqat qo'shimchalari reklamasida bolalar tasviridan foydalanilmasligi kerak.
Ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimchalar va oziq-ovqat qo'shimchalari reklamasi har bir holda reklama ob'yekti dori vositasi emasligi to'g'risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.
Ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimchalar va oziq-ovqat qo'shimchalari reklamasi bo'yicha rag'batlantiruvchi aktsiyalar o'tkazish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn35-modda. Ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimchalarning va oziq-ovqat qo'shimchalarining reklamasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.