Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
aksilreklama — noto'g'ri (insofsiz, bila turib yolg'on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan oqibatlarni tugatish maqsadida tarqatiladigan raddiya;
axloqsiz reklama — shaxslarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeiga daxldor bo'lgan haqoratli so'zlar, tasvirlar hamda o'xshatishlardan, haqorat qiluvchi tasvirlardan foydalanish orqali insoniylik va axloqning umumqabul qilingan normalarini buzuvchi, milliy yoki jahon madaniy boyligini tashkil etadigan san'at ob'yektlariga, tarixiy va arxitektura yodgorliklariga tajovuz qiluvchi, O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlarini (bayrog'ini, gerbini, madhiyasini), milliy valyutasini tahqirlovchi reklama;
ijtimoiy axborot — tarqatilishi bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olishni maqsad qilib olmagan, nomuayyan shaxslar doirasiga yo'naltirilgan hamda xayriya va sog'liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika resurslarini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholini ijtimoiy himoya qilish va uning xavfsizligi, ma'naviyat va ma'rifat, jamiyat va davlat manfaatlarini ta'minlash sohalarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan axborot, shuningdek notijorat xususiyatidagi boshqa axborot;
nomaqbul reklama — noto'g'ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama;
noto'g'ri (insofsiz, bila turib yolg'on) reklama — noaniqligi, bir xil ma'noli bo'lmaganligi, bo'rttirib yuborilishi, yashirib ketilishi, tarqatilish vaqti, joyi va usuliga nisbatan talablarning hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarning buzilishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg'itadigan yoki chalg'itishi mumkin bo'lgan, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek jamiyat hamda davlat manfaatlariga moddiy zarar va ma'naviy ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan reklama;
rag'batlantiruvchi aktsiya — reklamadan foydalanuvchilarni muayyan harakatlarni bajarishga undaydigan tadbir, tanlov, o'yin o'tkazish shaklida amalga oshiriladigan, shu jumladan ularda ishtirok etish sharti reklama qilinayotgan tovarlarni olishdan iborat bo'lgan reklama;
reklama — har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va reklama ob'yektiga e'tiborni jalb qilish, unga bo'lgan qiziqishni shakllantirish yoki qo'llab-quvvatlash, shuningdek uni bozorda bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida ilgari surish uchun mo'ljallangan maxsus axborot;
reklama beruvchi — reklama qilinadigan tovarni ishlab chiqarishni yoki sotishni amalga oshiruvchi, O'zbekiston Respublikasining rezidenti yoxud norezidenti bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs yoxud reklama ob'yektini va (yoki) reklama mazmunini belgilab bergan boshqa shaxs, shu jumladan homiy;
reklama vositalari — reklamadan foydalanuvchiga reklamani yetkazish uchun foydalaniladigan vositalar;
reklama joyi (tashqi reklama va axborot ob'yekti (konstruktsiyasi) o'rnatiladigan joy) — tashqi reklama va axborot ob'yekti (konstruktsiyasi) o'rnatiladigan maxsus ajratilgan va (yoki) berilgan hudud (yer, asfalt, yashil hudud va boshqalar), bino, inshoot sirtqi qismining muayyan yuzasi;
reklama joyining pasporti — Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat bo'lib, ushbu hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) unda ko'rsatilgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga, mulk shaklidan qat'i nazar, o'rnatish huquqini tasdiqlaydi;
reklama joyi pasportining egasi — davlat mulki bo'lgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auktsion asosida yoxud xususiylashtirilgan yer uchastkalariga, shuningdek xususiy mulk bo'lgan binolarga yoki inshootlarga — xususiylashtirilgan yer uchastkasining, binoning yoxud inshootning mulkdori bilan tuzilgan shartnoma asosida tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) o'rnatish huquqini olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
reklama ob'yekti — e'tiborni jalb etish uchun reklama o'ziga nisbatan yo'naltirilgan tovar, shu jumladan tadbirlar, texnologiyalar, individuallashtirish vositalari, intellektual faoliyat natijalari, shuningdek jismoniy yoki yuridik shaxslar to'g'risidagi axborot;
reklamaga oid faoliyat — reklamaning aylanishi sohasida ishlar hamda xizmatlarni bajarish bilan bog'liq faoliyat;
reklama tayyorlovchi — reklamani tarqatish (joylashtirish) uchun axborotni to'liq yoxud qisman tayyor shaklga keltirishni amalga oshiradigan, O'zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
reklama tarqatuvchi — reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiradigan, O'zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
reklamadan foydalanuvchi — reklama o'ziga nisbatan yo'naltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;
tashqi reklama — nomuayyan shaxslar doirasi ko'rishi uchun mo'ljallangan, tashqi reklama va axborot ob'yektlarida (konstruktsiyalarida) joylashtiriladigan grafikli, matnli yoki boshqa reklama;
tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish chizmasi — o'rnatilishiga yo'l qo'yiladigan tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish joylarini belgilaydigan, ularning turlari, shakllari, texnik tavsiflari, axborot maydonlarining sathi ko'rsatilgan holdagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hamda hududiy rejalashtirish chizmasi asosida ishlab chiqiladigan hujjat;
tovar — faoliyatning sotish, ayirboshlash yoki boshqa yo'l bilan muomalaga kiritish uchun mo'ljallagan mahsuli (shu jumladan ish, xizmat);
uyg'unlashtirilgan reklama — tovarlarning kino, audio va video mahsulotlardagi, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlar efiridagi, san'at asarlaridagi, tasvirlardagi, kompyuter o'yinlaridagi hamda mavjud tovarga muvofiq bo'lgan asosiy yoki ikkinchi darajali rekvizit, tovar belgisining (xizmat ko'rsatish belgisining) tasviri yoki u haqida har qanday shakldagi eslatma tarzida boshqa asarlardagi reklamasi;
yashirin reklama — reklamadan foydalanuvchining idrokiga uning o'zi anglamagan holda maxsus videoilovalardan (qo'sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo'li bilan hamda boshqa usullar bilan ta'sir o'tkazadigan reklama;
qiyosiy reklama — raqobatchini yoki raqobatdosh tovarni bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalovchi reklama;
homiy — sport tadbirini, madaniy yoki boshqa tadbirni tashkil etish va (yoki) o'tkazish, teleko'rsatuvni yoki radioeshittirishni yaratish va (yoki) namoyish etish (eshittirish) yoxud ijodiy faoliyatning boshqa natijasini yaratish va (yoki) undan foydalanish uchun mol-mulkni, pul mablag'larini, intellektual faoliyat natijalarini taqdim etish, xizmatlar ko'rsatish, ishlarni bajarish tarzida hissa qo'shishni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
homiylik reklamasi — muayyan shaxsni majburiy tarzda homiy sifatida eslatib o'tish sharti bilan tarqatiladigan reklama.
lex.uz’dagi asl matn5-modda. Asosiy tushunchalar
(5-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 сентябрдаги ЎРҚ-963-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.09.2024 й., 03/24/963/0735-сон)
Oddiy tilda
# REKLAMA TO'G'RISIDA QONUN, 5-MODDA
# ASOSIY TUSHUNCHALAR
**Reklama** — tovar yoki xizmatni sotish maqsadida tarqatilgan maxsus axborot. Odamlarning e'tiborini jalb qilish va qiziqish shakllantirish uchun mo'ljallangan.
Kimga tegishli: Reklama beruvchi (tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi) va reklama tarqatuvchi (TV, radio, gazeta orqali tarqatuvchi) mas'ul.
Amalda: Dori kompaniyasi gazeta va televidenieda o'z dorilarini reklama qiladi, shunda odamlar bu dorilar haqida bilib, sotib oladi.
**Noto'g'ri reklama** — yolg'on yoki chalg'ituvchi axborot. Mahsulot haqida haqiqiy bo'lmagan ma'lumot beriladi.
Kimga tegishli: Reklama beruvchi javobgar.
Amalda: Agar telefon kompaniyasi "Eng tez internet" deb reklama qilsa, lekin aslida sekin bo'lsa, bu noto'g'ri reklama.
**Axloqsiz reklama** — odamlarni haqorat qiluvchi yoki milliylik, din bo'yicha taqsimlovchi reklama. Insoniylik va axloq normalarini buzadi.
Kimga tegishli: Reklama beruvchi.
Amalda: Agar reklama "Faqat boy odamlar uchun" deb yozsa va kambag'allarni haqorat qilsa, bu axloqsiz.
**Ijtimoiy axborot** — foyda olish maqsadsiz
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.