O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
reklamaning aylanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
reklama to'g'risidagi qonunchilikning ijrosini ta'minlaydi;
reklamaning aylanishi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
reklamaning aylanishi sohasida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
reklamaning aylanishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
reklama to'g'risidagi qonunchilikni qo'llash masalalari bo'yicha tushuntirishlar beradi;
reklamaning aylanishi sohasida mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Tashqi reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentini ishlab chiqadi;
reklamaga oid faoliyat sub'yektlariga reklama axboroti bilan bog'liq hujjatlar va materiallarni belgilangan muddatlarda taqdim etishga doir so'rov yuboradi;
reklamaga oid faoliyat sub'yektlari tomonidan reklama to'g'risidagi qonunchilik talablarining buzilishi hollarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish choralarini ko'radi;
zarur hollarda reklama to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlarini aniqlash maqsadida xulosalar va izohlar olish uchun ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb qiladi;
reklamaga oid faoliyat sub'yektlariga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar qo'llash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
reklamaga oid faoliyat sub'yektlarining birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasida halol raqobat hamda qonuniylikka rioya etish printsiplariga asoslangan reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, shuningdek reklamaning aylanishi sohasida o'zini o'zi tartibga solish mexanizmlarini joriy etishga ko'maklashadi;
reklamaning aylanishi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Vakolatli davlat organining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar, shu jumladan reklamaga oid faoliyat sub'yektlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn8-modda. Vakolatli davlat organining reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatlari
(8-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 февралдаги ЎРҚ-908-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.02.2024 й., 03/24/908/0126-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Vakolatli davlat organi — bu Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi. U reklamaning aylanishini nazorat qiladi, qonun talablarini ijro ettirilishini ta'minlaydi va reklama bozorini tartibga soladi.
**Kimga tegishli**
Bu vakolatlar O'zbekiston Respublikasining Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasiga tegishli.
**Amalda**
Agar kompaniya sog'lig'i buzadigan reklama chiqarsa, vakolatli organ uni aniqlaydi, buzilishni bartaraf etishni talab qiladi va zarur bo'lsa, moliyaviy jarima qo'llaydi. Shuningdek, reklama sub'yektlaridan hujjat taqdim etishni so'rashi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.