Shaxsga doir ma'lumotlar sub'yekti:
mulkdorda va (yoki) operatorda, shuningdek uchinchi shaxsda o'z shaxsga doir ma'lumotlari va ularning tarkibi mavjudligini bilish;
mulkdordan va (yoki) operatordan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to'g'risidagi axborotni so'rov bo'yicha olish:
mulkdordan va (yoki) operatordan o'zining shaxsga doir ma'lumotlaridan foydalanish imkoniyatini berish shartlari to'g'risida axborot olish;
o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat etish;
o'z shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun rozilik berish va bunday rozilikni chaqirib olish, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini shaxsga doir ma'lumotlarning hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbalarida tarqatilishi uchun mulkdorga va (yoki) operatorga, shuningdek uchinchi shaxsga rozilik berish;
agar shaxsga doir ma'lumotlar to'liq bo'lmasa, eskirgan, noaniq bo'lsa, qonunga xilof ravishda olingan bo'lsa yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur bo'lmasa, mulkdordan va (yoki) operatordan o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni vaqtincha to'xtatib turishni talab qilish huquqiga ega.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan sub'yektning shaxsga doir ma'lumotlarini tasarruf etishni uning qonuniy vakili amalga oshiradi.
O'zining shaxsga doir ma'lumotlarini O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'naviyatini, sog'lig'ini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadlarida taqdim etish sub'yektning majburiyatidir.
lex.uz’dagi asl matn«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun
30-modda. Sub'yektning huquq va majburiyatlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Shaxsga doir ma'lumotlar sub'yekti — bu o'z haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan odam. U o'z ma'lumotlari qayerda saqlanayotganini bilish, ulardan nima qilinayotganini so'rash va ularni o'ziga qaytarish yoki o'chirish huquqiga ega. Shuningdek, u o'z ma'lumotlarini himoya qilish uchun sud yoki davlat organiga murojaat qila oladi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq va majburiyatlar har bir fuqaroganing o'z shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan amal qiladi.
**Amalda**
Agar bank sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni noto'g'ri saqlasa yoki ishlatsa, siz bankdan bu ma'lumotlarni to'g'rilashni talab qila olasiz. Agar bank rozi bo'lmasa, siz sud yoki Shaxsga doir ma'lumotlar bo'yicha vakolatli organiga shikoyat qila olasiz.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.