Shaharsozlik kodeksi

11-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog'idagi majburiyatlari

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog'ida yuridik va jismoniy shaxslar: aholining qulay hayot faoliyati muhitini asrashi; shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarni qurish qoidalariga rioya etilishini ta'minlashi; atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yong'inga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishi; atrof-muhitga, madaniy meros ob'yektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar ob'yektlariga, hududlarni obodonlashtirish ob'yektlariga zararli ta'sir etadigan, uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga daxl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) hamda boshqa ko'chmas mulk ob'yektlari mulkdorlarining, egalarining yoki ulardan foydalanuvchilarning huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan xatti-harakatlar sodir etmasligi; yer uchastkalaridan va boshqa ko'chmas mulk ob'yektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishi; shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining ko'rsatmalarini bajarishi; davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining monitoringini amalga oshiruvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga hamda ob'yektlarni texnik inventarizatsiyadan o'tkazuvchi tashkilotlarga o'zlariga tegishli ob'yektlardagi o'zgarishlar haqida ishonchli ma'lumotlar taqdim etishi; shaharsozlik hujjatlari materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlari materiallarini (bundan mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va xo'jalik-maishiy imoratlari, uch yuz kub metrdan oshmaydigan alohida turgan ob'yektlarga doir shaharsozlik hujjatlari mustasno) shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo'linmalariga taqdim etishi shart. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog'ida yuridik va jismoniy shaxslarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.