Shaharsozlik kodeksi

14-modda. Shaharsozlik faoliyati sub'yektlari

(14-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)

Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sub'yektlaridir. Shaharsozlik faoliyati sub'yektlari: shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar; ob'yektlarni qurish bo'yicha pudratchilar; shaharsozlik faoliyati ob'yektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish yuritishi mumkin. Shaharsozlik faoliyati sub'yektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlarini, ularning tizimlarini va hududlarini kutilayotgan rejalashtirish, qurish hamda rekonstruktsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan, o'zining shaharsozlik faoliyatiga ta'sir eta oladigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida axborot olish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyati sub'yektlari qonunchilikka muvofiq o'ziga berilgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanishi, shuningdek madaniy meros ob'yektlariga, tabiiy hamda sun'iy landshaftlarga zarar yetkazmasligi, aholining hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga, shaharsozlik faoliyati boshqa sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yo'l qo'ymasligi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.