Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlari:
shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining but saqlanishini ta'minlaydi;
shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi;
mahalliy ahamiyatga molik ob'yektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu ob'yektlarning moliyalashtirilishini ta'minlaydi;
o'z hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, to'xtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik sub'yektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog'lig'i uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish hollari mustasno;
o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to'g'risida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qiladi;
tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, qurish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi;
reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari ro'yxatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi;
shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining texnik holati inventarizatsiyadan o'tkazilishini tashkil etadi;
shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar to'g'risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog'idagi o'zining rasmiy veb-saytlari orqali aholini muntazam ravishda xabardor qiladi.
Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi qoidalari shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning vakillik hokimiyati organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tumanlar (shaharlar) vakillik hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn22-modda. Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
(22-модда биринчи қисмининг тўққизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 декабрдаги ЎРҚ-890-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.12.2023 й., 03/23/890/0981-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.