Shaharsozlik kodeksi

31-modda. Qurilish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish

Qurilish ishlarini tashkil etish pirovard natijaga erishish uchun zarur bo'lgan barcha tashkiliy-texnik va texnologik yechimlar qo'llanilgan holda shaharsozlik faoliyati sub'yektlari tomonidan amalga oshiriladi. Qurilish ishlari: buyurtmachi tomonidan hududiy inspektsiya ob'yektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi to'g'risida xabardor qilingandan keyin; pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlarni, mutaxassislar va ishchilarni jalb etgan holda, bundan ushbu Kodeks 17-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq; qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud bo'lganda amalga oshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.