Shaharsozlik kodeksi

46-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ro'yobga chiqarish

Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida ko'rsatilgan shaharsozlik hujjatlarini ro'yobga chiqarish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini ro'yobga chiqarish bo'yicha kompleks dasturlar asosida amalga oshiriladi. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini ro'yobga chiqarish bo'yicha kompleks dasturlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini ro'yobga chiqarish bo'yicha kompleks dasturlar bajarilishining borishi Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining majlislarida ko'rib chiqilishi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.