Shaharsozlik kodeksi

48-modda. Davlat shaharsozlik kadastri

Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiradi. Davlat shaharsozlik kadastri: muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondini; hududlarning, ko'chmas mulk ob'yektlarining, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmaning manzilli reyestrlarini; hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish to'g'risidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi ma'lumotlarni; hududlarni hamda shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini qurish va ulardan foydalanish bo'yicha shaharsozlik reglamentlari to'g'risidagi ma'lumotlarni; loyihalar, shaharsozlik faoliyati ob'yektlari va sub'yektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.