Shaharsozlik kodeksi

57-modda. Batafsil rejalashtirish loyihalari

Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududlarining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar: qizil chiziqlarni; yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini; yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini; hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini; muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini; ko'chalar, tor ko'chalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning ko'rsatkichlarini; ijtimoiy va madaniy-maishiy ob'yektlarning tarkibi hamda joylashuvini; qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va ko'rsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi. Batafsil rejalashtirish loyihasi hududlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.