Shaharsozlik kodeksi

6-modda. Shaharsozlik normalari va qoidalari

(6-модда иккинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)

Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi bo'lib, ular shaharsozlik faoliyati sub'yektlari tomonidan bajarilishi majburiydir. Shaharsozlik normalari va qoidalari normativ hujjatlar bo'lib: hududlarni rivojlantirishni va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish; muhandislik qidiruvlari; loyihalashtirish, shu jumladan texnologik loyihalashtirish; ob'yektlarni qurishni, rekonstruktsiya qilishni, mukammal va joriy ta'mirlashni, shuningdek buzishni amalga oshirish; ob'yektlardan foydalanish, ularni ta'mirlash yoki qayta tiklash (ishlarni tashkil etish, yuritish va qabul qilib olish); ob'yektlarning muhandislik tizimlarini o'rnatish; ob'yektlarning qiymatini belgilash; qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish chog'idagi majburiy talablarni belgilaydi. O'zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik hamda boshqa o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi xalqaro va xorijiy normativ-texnik hujjatlardan foydalanishga yo'l qo'yiladi. Shaharsozlik normalari va qoidalari to'g'risidagi axborot shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Shaharsozlik normalari va qoidalari chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) hamda boshqa ko'chmas mulk ob'yektlari mulkdorlarining, egalarining va ulardan foydalanuvchilarning, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga daxl qilinishi mumkin bo'lsa, o'sha yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari masalalari yuzasidan davlat organlari tomonidan qarorlar qabul qilinishi uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.