Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini ta'minlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siridan muhofaza qilishga, aholi hamda ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros ob'yektlarini, qishloq xo'jaligi yerlari va o'rmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar:
madaniy meros ob'yektlarining muhofaza zonalarida, qo'riqxona zonalarida;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;
sanitariya zonalarida;
muhofaza zonalarida;
sanitariya-muhofaza zonalarida;
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning ta'siriga duchor bo'lgan zonalarda;
favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarida;
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitli zonalarda belgilanadi.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin.
Hududlarning funktsional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishga doir cheklovlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Aholi punkti hududining funktsional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlaridan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, investitsiyalar jalb qilish, rekreatsiya va madaniy zonalarni shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn62-modda. Hududlarning zonalashtirilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.