Shaharsozlik kodeksi

70-modda. Maxsus maqsadlarga mo'ljallangan zonalar

Maxsus maqsadlarga mo'ljallangan zonalar foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga to'g'ri kelmaydigan dafn qilish joylari, chorva mollari ko'miladigan joylarni, maishiy chiqindilar tashlanadigan axlatxonalarni va boshqa ob'yektlarni joylashtirish uchun ajratiladi. Maxsus maqsadlarga mo'ljallangan zonalar uchun sanitariya-himoya zonalari o'rnatiladi. Maxsus maqsadlarga mo'ljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.