Shaharsozlik kodeksi

74-modda. Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish

Agar hududdan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ta'minlash mumkin bo'lmasa yoki qiyin bo'lsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim. Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish: hududlardan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etish; maxsus shaharsozlik normalari va qoidalarini joriy etish; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishning, tasdiqlashning va amalga oshirishning alohida tartibini joriy etish; hududlarni va aholi punktlarini zararli ta'sirlardan himoya qilish bo'yicha maxsus tarhlar hamda loyihalarni ishlab chiqish; shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomalar berish yo'li bilan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.