Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik ob'yektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siriga duchor bo'lgan hududlarda — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining hamda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining manfaatdor vazirliklar va idoralar ma'lumotlari asosidagi taqdimnomalariga ko'ra;
yo'l qo'yiladigan eng yuqori kontsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yo'l qo'yiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda — O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining taqdimnomalariga ko'ra;
Toshkent shahri hududida — O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining taqdimnomalariga ko'ra;
moddiy madaniy meros ob'yektlari mavjud bo'lgan shaharlar hududlarida — O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining taqdimnomalariga ko'ra;
kurort shaharlar hududlarida — O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining, O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining taqdimnomalariga ko'ra;
qo'riqxona shaharlar hududlarida — O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining taqdimnomalariga ko'ra;
hayot faoliyatining alohida rejimiga ega bo'lgan aholi punktlari (harbiy ob'yektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qo'riqxonalaridagi va boshqa qo'riqlanadigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari) hududlarida — manfaatdor vazirliklarning, idoralarning taqdimnomalariga ko'ra;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda — manfaatdor vazirliklarning va idoralarning taqdimnomasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik ob'yektlar jumlasiga kiritilmagan) ob'yektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siriga duchor bo'lgan hududlarda — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda;
yo'l qo'yiladigan eng yuqori kontsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yo'l qo'yiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomalariga ko'ra hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik ob'yektlar jumlasiga kiritilmagan) ob'yektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda — O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda;
hayot faoliyatining alohida rejimiga ega bo'lgan aholi punktlari (harbiy ob'yektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qo'riqxonalari hududlarida va qo'riqlanadigan boshqa tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari) hududlarida — manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda;
Nukus shahri hamda viloyatlarning ma'muriy markazlari bo'lgan shaharlar hududlarida, shuningdek madaniy meros ob'yektlari mavjud bo'lgan shaharlar hududlarida — tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining chegaralari aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to'g'risidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida belgilanadi hamda ma'muriy-hududiy birliklar chegaralari bilan mos kelmasligi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn76-modda. Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik ob'yektlar jumlasiga kiritish hamda ularning chegaralarini belgilash
(76-моддаси биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 23 июлдаги ЎРҚ-1160-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.07.2026 й., 03/26/1160/0786-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.