Shaharsozlik kodeksi

81-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitutlar va yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni saqlash vazifalari

(81-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlarini quyidagi maqsadlarda o'zga shaxsning yer uchastkasidan foydalanish huquqini cheklamasdan ta'minlash mumkin bo'lmagan hollarda belgilanadi: binolar va inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish hamda ta'mirlash; muhandislik infratuzilmasi ob'yektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va foydalanishga topshirish; hududlarda suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni olib borish; o'zganing yer uchastkasi orqali kesib o'tish; binolar va inshootlar egalarining boshqa ehtiyojlari. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar shaharsozlik faoliyati sub'yektlarining manfaatlari shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ularning but saqlanishini ta'minlash bo'yicha boshqa ehtiyojlar uchun o'zga yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqisiz ta'minlanishi mumkin bo'lmagan taqdirda belgilanadi. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitutlar va yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni saqlash vazifalari yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va bunday uchastkalardan foydalanuvchilarning majburiyatlarini hamda ularning huquqlari cheklanishini o'z ichiga oladi va shaharsozlik hujjatlari hamda qurish qoidalari asosida belgilanadi. Yer uchastkalariga doir servitutlarni va yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni saqlash vazifalarini belgilash hamda bekor qilish tartibi yer to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.