Shaharsozlik kodeksi

9-modda. Fuqarolarining qulay hayot faoliyati muhitiga bo'lgan huquqi

Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga bo'lgan huquqqa ega. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga bo'lgan huquqi: shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish; fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi; qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini sertifikatlashtirish; shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati; shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab bo'lgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash orqali ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.