Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromadlar, agar ushbu bo'limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
ilm-fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo'lsa;
O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agentlari bo'lmagan manbalardan olingan daromadlar;
ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko'rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya asosida soliq to'lash tartibi tanlanganda;
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya, agar soliq to'lovchining asosiy bo'lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo'yicha ushlab qolingan bo'lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko'rsatilgan daromadlar mustasno.
O'zbekiston Respublikasining rezidenti bo'lgan yoki joriy yilning 1 apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat'i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to'g'risida deklaratsiya taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn393-modda. Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar — bu shaxsning yil davomida turli manbalardan olingan puli va boshqa qiymatli narsalari. Bular: muallif haqi, mulk sotish puli, chet eldan olingan daromad, soliq agenti bo'lmagan joylardan olingan pul. Ushbu daromadlarga soliq to'lash uchun shaxs yilning oxirida deklaratsiya taqdim etishi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu qoida O'zbekiston fuqarolariga va chet ellik shaxslarga tegishli bo'lib, ular O'zbekistonda yashaydi va daromad oladi.
**Amalda**
Masalan, Sardor muallif sifatida kitob yozib 10 million so'm oldi, shuningdek, eski mashinasini 5 million so'mga sotdi. U bu daromadlarni yil oxirida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya qilib taqdim etadi va belgilangan stavka bo'yicha soliq to'laydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.