Soliq kodeksi

465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning soliq bazasini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari

(465-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning soliq bazasi bo'lib, ularning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan jami daromadi hisoblanadi. Jismoniy shaxs o'z tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bitimlarni tuzishda o'zining yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat ko'rsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining o'zidan yaqqol kelib chiqmasa, ko'rsatishi shart. Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning yoki o'zini o'zi band qilgan shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning to'lov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan bir milliard so'mgacha bo'lgan daromadlari bo'yicha to'lov tashkilotlari soliq agenti deb e'tirof etiladi. O'zini o'zi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo'yicha yuridik shaxslardan olgan bir milliard so'mgacha bo'lgan daromadlari bo'yicha ushbu yuridik shaxslar soliq agenti deb e'tirof etiladi. Bunda o'zini o'zi band qilgan shaxslar to'lashi lozim bo'lgan soliq yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarining xabarnomasi asosida to'lov manbaida ushlab qolinadi. Ushbu moddaning to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilganidan boshqa hollarda, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo'yicha soliqlarni to'lash va hisobotlarni taqdim etish ishlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga nisbatan ushbu Kodeks 381-moddasining birinchi qismida belgilangan stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNING SOLIQ BAZASI Nimani anglatadi Yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs tovarlarni sotish yoki xizmat ko'rsatishdan olingan jami pul soliq bazasi hisoblanadi. Shaxsiy mol-mulkni sotishdan olingan pul va tadbirkorlikka bog'liq bo'lmagan daromadlar soliq bazasiga kiritmaydi. Kimga tegishli Bu qoida yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslarga qo'llaniladi. Amalda Agar tadbirkor raqamli platformada (masalan, Uzum, Olcha) bir yil davomida 800 million so'mlik tovar sotsa, bu 800 million so'm soliq bazasi bo'ladi. Agar u shunga qo'shimcha o'z uyini sotsa, uy sotishdan olingan pul soliq bazasiga qo'shilmaydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.