Hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha soliq summasi soliq to'lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, hisobot davri yakunlari bo'yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to'lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo'yicha — hisobot davridan keyingi oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo'yicha — soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay.
Ushbu Kodeks 465-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo'yicha soliq hisobotlari soliq agentlari tomonidan har bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs kesimida taqdim etiladi. Bunda hisoblangan va to'langan soliq hisobi yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs soliq to'lovchi sifatida hisobda turgan joydagi soliq organidagi soliq to'lovchining shaxsiy hisobvarag'ida yuritiladi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha soliqni to'lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq to'lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to'lash tartibi
(470-модда учинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Oddiy tilda
SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH, HISOBOT TAQDIM ETISH VA TO'LASH TARTIBI
Nimani anglatadi
Soliq to'lovchi o'zi hisoblab chiqaradigan soliq summasi har oyning oxirida soliq bazasiga stavkani qo'llab aniqlanadi. Soliq hisoboti belgilangan vaqtda soliq organiga topshiriladi — hisobot oyining 15-kuniga qadar. Soliqni to'lash hisobot taqdim etish bilan bir vaqtda yoki undan oldin amalga oshirilishi kerak.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha soliq to'lovchilari va soliq agentlariga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslarga tegishli.
Amalda
Savdo do'koni egasi har oyning oxirida sotuvdan olingan daromadni hisoblaydi, soliq stavkasini qo'llab soliq summasi aniqlanadi. Hisobot 15-kuniga soliq organiga topshiriladi va shu kuniga qadar soliq to'lanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.