Suv kodeksi

101-modda. Suv ob'yektlaridan sport va havaskorlik yo'li bilan baliq ovlash uchun foydalanish

Suv havzalarida sport va havaskorlik yo'li bilan baliq ovlashga ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga biriktirilgan joylarda ushbu jamiyatlarning ruxsatnomasi asosida bepul yoki haq evaziga ruxsat etiladi, bundan davlat qo'riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo'riqxonalarining, tabiat bog'larining hududidagi suv havzalari va muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlar mustasno. Suv ob'yektlari yoki ularning ayrim uchastkalari ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda biriktirilishi mumkin. Baliqchilik xo'jaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida hamda hovuz xo'jaliklarida, shuningdek ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga biriktirilgan joylarda sport va havaskorlik yo'li bilan baliq ovlash ularning ruxsatnomalariga ko'ra amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.