Suv kodeksi

103-modda. Ovchilik xo'jaligini yuritishni amalga oshirayotgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga suvdan foydalanishning imtiyozli huquqlarini berish

Suvda suzuvchi yovvoyi qushlar va qimmatli mo'ynali hayvonlar maskani bo'lgan daryolarda, ko'llarda va boshqa suv ob'yektlarida ovchilik xo'jaligini yuritishni amalga oshirayotgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda suvdan kompleks foydalanish talablarini hisobga olgan holda suvdan foydalanishning imtiyozli huquqlari berilishi mumkin. Foydalanish rejimi suvda suzuvchi yovvoyi qushlarning va qimmatli mo'ynali hayvonlarning ommaviy yashash joylariga ta'sir ko'rsatadigan suv omborlarini, boshqa suv ob'yektlarini hamda suv xo'jaligi inshootlarini ishlatishda ovchilik xo'jaligini yuritish manfaatlari hisobga olinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.